Ta’sir va aks ta’sir qonuni
Ta’sir va aks ta’sir qonuni, Nyutonning uchinchi qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Nyutonning ta’rifiga ko’ra, ta’sirga doim teng va qarama qarshi yo’nalgan aks ta’sir bor, boshqacha aytganda, ikki jismning bir-biriga ta’siri o’zaro teng va qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan. Bu ta’rifda “ta’sirga” beixtiyor asosiy o’rin, “aks ta’sirga” esa ikkinchi darajali o’rin ajratiladi. Shuning uchun Ta’sir va aks ta’sir qonuni quyidagicha ta’riflangani ma’qul: ikki jismning bir-biriga har qanday ta’siri o’zaro ta’sir xarakteriga ega bo’lib, ularning bir-biriga ko’rsatayotgan ta’sir kuchlari har doim kattalik jihatdan teng va yo’nalishi qarama-qarshidir. Ta’sir va aks ta’sir qonuni kichkina o’lchamli elementar zarralar va tezligi yorug’lik tezligiga yaqin harakatlar uchun o’rinli emas.
O‘xshash so‘zlar
- Ta’sir potensiali
- Ta’sirlanuvchanlik
- TA’SIR ETUVCHI MASSALAR QONUNI
- Ta’tillar
- TA’ZIYA
- TABAQA
- TABAQA PARDOZ
- TABAQALASHTIRILGAN TA’LIM










