Pazandachilik
Pazandachilik — xom o’simlik va hayvon mahsulotlaridan xilma-xil taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash mahorati. Ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma-xilligini ta’minlash, lazzatli taomlar tayyorlash va did bilan dasturxonga tortish Pazandachilikning asosini tashkil qiladi. Turli xalqlarning milliy Pazandachilikda shu millat xalqiga xos muayyan milliy Pazandachilik taom turi bo’ladi. Masalan, o’zbeklarda palov, rus pazandaligida shchi, bilini; Ukrainlarda borshch, vareniki; qozoqlarda beshbarmoq shunday taomlardir. O’zbek Pazandachilikda ko’proq qo’y, mol go’shtlari ishlatiladi; ot, tovuq, o’rdak go’shtlari o’rtacha me’yorda; ilvasin va baliq go’shtlaridan kamroq foydalaniladi; xamir taomlar ham ko’p tayyorlanadi (har xil tandir nonlar, somsalar, suyuq-quyuq xamir ovqatlar).