Ordos
Ordos — Xitoyning shimoliy qismidagi cho’lli plato. Xuanxe daryosining aylanib oqqan joyida. Maydoni 95 ming km2. Ordosning Janubiy qismi lyossli platoga tutashgan. Ko’p qismining balandligi 1100— 1500 metr, eng baland joyi 2535 metr. Asosan, yura va bo’r davrining qumtoshlaridan tuzilgan. Yer yuzasi qir va botiqlardan iborat. Pastqam joylari sho’r ko’l, sho’rxok va botqoqliklar bilan band. Ordos hududining yarmiga yaqinini shamolda qisman ko’chib yuruvchi qum tepaliklari egallagan. Iklimi keskin kontinental, mo’tadil iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 10°, iyulniki, 23°. Yillik yog’in 100-400 mm. Landshaftining aksari qismi cho’l, chala cho’l va quruq dasht. Boshoqli o’t o’simliklari o’sadi. Butazorlar bor. Aholisi ko’chmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradi. Toshko’mir, neft, soda konlari topilgan.