Orenburg

Orenburg (1938-1957 yillarda Chkalov) — Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi shahar. Ural daryosi bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 529,6 ming kishi (1998). Shahar sanoatida mashinasozlik yetakchi o’rinda — temirchilik, presslash asbob- uskunalari, parmalovchi jihozlar, past voltli apparatlar, stanok va boshqalar ishlab chiqariladi; yoqilg’i, kimyo va neft kimyosi, yengil (ipak gazlamalar, ko’n), oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. 4 oliy o’quv yurti, 3 teatr, o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzeylari bor. Ilk bor 1735 yilda o’r daryosining yoyiq (hozirgi Ural)ga quyilish joyida vujudga kelgan (nomi shundan); 1743 yildan hozirgi o’rnida. Orenburg 18-asr va 19-asrning 1-yarmida harbiy chegara liniyasining asosiy istehkomi; 1744 yildan Orenburg gubernyasi, 1782 yildan Ufa noibligi (namestnichestvosi)ning markazi, 1796-1801 va 1865 yildan gubernya markazi. Orenburg kazak qo’shinlarining harbiy va ma’muriy markazi (1748 yildan). 1850-81 yillarda general gubernatorlik markazi. Rossiya imperiyasi bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida 18— 19-asrlarda savdo va elchilik alokalari, asosan, Orenburg orqali o’tgan. O’rta Osiyodan Orenburgga savdo va elchilik karvonlari qatnab turgan. 1900-1906 yillarda Orenburg — Toshkent temir yo’l qurilgan. 1920-25 yillarda Qirg’iziston Muxtor Respublikasi (o’sha vaqtlarda ruslar Qozog’istonni Kirgiziya deb atagan) poytaxti. Me’moriy yodgorliklardan qal’a darvozasi qoldikdari (18-asr), karvonsaroy (1836-42) saqlanib qolgan.