Oltinko’zlar

Oltinko’zlar (Chrysopidae) -to’rqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. O’rta Osiyo faunasida 24 turi tarqalgan. O’zbekistonda Ch. carnea Steph., Ch. septempan cfata W., Ch. albolineata L., va Ch. vittata W. ko’p uchraydi. Tanasi och yashil, kuzlari tillarang, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanuvchi qanotlari yoyilganda 19— 50 millimetr. Mo’ylovi cho’tkasimon, peshonasi tekis. Ingichka dastali och yashil tuxumini o’simlikka yopishtirib qo’yadi. Lichinkasi tig’iz, old va orqa tomoni ingichka, ko’krak oyoqlari yaxshi rivojlangan. G’umbagi ochiq tipda, rangi yashil. Oltinko’zlarning lichinkalari yirtqich hayot kechirib, ular juda xo’ra va nihoyatda harakatchan. Ular polifag (ozuqa turi ko’p). Lichinkasi 3000 tagacha bit, o’rgimchakkana va zararkunanda tunlam tuxumlarini yo’q qilishi mumkin. Yetuk hasharot fazasida, kamdan-kam g’umbak xrlida qishlaydi. Qishlovdan mart oxiri — aprel boshlarida, sutkalik o’rtacha harorat 10-11° bo’lganda chiqadi. Tuxumini o’simlikning bargi va boshqa qismlariga bittadan yoki to’p qilib qo’yadi. Urg’ochisi bir kunda 65, hayoti davomida esa 500-750 tagacha tuxum qo’yadi. Dehqonlik mintaqalarida yashaydigan Oltinko’zlarning asosiy turlari 4-5 avlod beradi. Paxta dalalari agrobiosenozida Oltinko’zlar g’o’za va boshqalar qishloq xo’jalik zararkunandalarini yo’q qiluvchi etnomofaglar sifatida kata ahamiyatga ega. O’simliklarni zararkunanda hasharotlardan ximoya qilishda qo’llash uchun Oltinko’zlarni laboratoriya sharoitida, tabiiy va sun’iy ozuqa muhitida ko’paytirish usuli ishlab chiqilgan. Sulton Alimuhamedov.