Oltintog’

Oltintog’ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq tog’lar. Bo’kantovning Janubda joylashgan. Janubiy- g’arbda Aytimtov bilan tutashgan. Janubi- g’arbdan shimoli-sharqqa 10 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 322 metr. Paleozoyning granit, granodiorit, slanes, alevrolit, kvarsit, marmarlashgan ohaktosh, qumtosh, etaklari esa bo’r va paleogen va to’rtlamchi davrning qumoq va qum jinslaridan tuzilgan. Shimoliy-g’arbiy yon bag’ri tikroq va chuqur soylar bilan o’yilgan. Shimoliy-g’arbida Avliyosoy, Janubi- sharqida meshtepasoy va Marasoy kabi quruq o’zanlar bor. Nurash jarayonlari kuchli.