Tribunal

Tribunal (lotincha lribunal — sud qilish joyi, aloxida sud) — 1) 18-asr oxiridagi Buyuk frantsuz inqilobi davrida Frantsiyada siyosiy jinoyatlarga doyr ishlarni ko’rgan favqulodda sudlar; 2) sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi maxsus sudlar — inqilobiy Tribunallar; 3) ayrim mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatni o’tayotgan shaxslar xizmat vaqtidagi jinoyat ishlari va ba’zi bir boshqa ishlarni ko’rib chiquvchi sudlar.