TRIBUNAL

TRIBUNAL (lot. tribunal – sud qilish joyi, aloxida sud) — 1) XVIII asr oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida Fransiyada siyosiy jinoyatlarga doir ishlarni ko’rgan favqulodda sudlar; 2) sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi maxsus sudlar – inqilobiy Tribunallar; 3) ayrim mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatni o‗tayotgan shaxslar xizmat vaqtidagi jinoyat ishlari va ba‘zi bir boshqa ishlarni ko’rib chiquvchi sudlar.