Qrimning janubiy sohili
Qrimning janubiy sohili — Qrim yarim orolining g’arbda Ayya burnidan Sharqda Qoradog’ massivigacha cho’zilgan qora dengiz sohilining bir qismi. Uzunligi 150 kilometr chamasida, eni 2 -8 kilometr. Gilli slanes va ohaktoshlardan tashkil topgan pasttekisliklar shimolda Yayla chiqig’i bilan chegaradosh. Qrimning janubiy sohili — Qrim sohilining eng issiq qismi. Iqlimi O’rta dengiz iqlimi. Iyul va avgustning o’rtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4°. Yiliga 600 mm yog’in tushadi. Qrimning janubiy sohilida O’rta dengiz bo’yiga xos o’simlik turlari bilan birga kserofit o’simliklar ham tarqalgan, tog’ yon bag’irlarining yuqori qismida keng bargli o’rmonlar (qoraqayin va dub), ba’zi joylarda Qrim qarag’ayzorlari bor. Bog’va parklar ko’p. Qrimning janubiy sohilida Alushta, Alupka, Simeiz, Gurzuf, Artek, Misxor, Koreiz, Foros, Melas va boshqa kurortlar, sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar faoliyat ko’rsatadi.