Quanishpayev Qalibek

Quanishpayev Qalibek (1893.25.4, Saritau — 1968.7.6, Olmaota), — qozoq aktyori. Xalq artisti (1959). 1925 yil birinchi professional qozoq teatri tashkilotchilaridan. 1926 yildan M. Avezov nomidagi qozoq drama teatrida ishlagan. Abay (M.Avezov, «Abay»), shahar hokimi (N.Gogol, «Revizor»), general Panfilov (M.Avezov, Abishev, «nomus gvardiyasi»), Boptista (U. Shekspir, «qaysar qizning quyuli-shi») va boshqa rollari bilan tanilgan. Davlat mukofoti laureati (1952).