Qubodqal’a, Kavatqal’a

Qubodqal’a, Kavatqal’a – o’rta asrlarga oid qal’a xarobasi. Beruniy shahrining shimoli-sharqida joylashgan. Qubodqal’a to’g’ri to’rtburchak shaklidagi yirik, mustahkam 4 ta qo’rg’ondan iborat. Qubodqal’a Xorazm arxeologiya etnografiya Ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Qazishlar natijasida serhasham bezatilgan xonalar ochilgan. Xonalarning hajmi katta bo’lgani uchun ustunlar ishlatilgan, eshiklari o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Qubodqal’adan Xorazm madaniyatining yuksak taraqqiyoti haqida guvohlik beruvchi ko’plab arxeologik materiallar (turli rangdagi nafis sirli sopol idishlar, qandilsifat sopol buyumlar, tanga, metall ashyolar va boshqalar) topilgan. Qubodqal’a mo’g’ullar istilosi natijasida 13-asr boshlarida xarobaga aylangan.