Nosirov Temurjon Xayrullayevich
Nosirov Temurjon Xayrullayevich (1941.25.7, Toshkent viloyati Zangiota tumani) — energetik olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Texnika fanlari Doktori (1989), professor (1990), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Shu institutda dotsent, professor (1963 -95); “elektr stantsiyalari” kafedrasining mudiri (1980-95), 1995 yildan “O’zbekiston energomarkazi”ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professor, “Elektroenergetika” yo’nalishining ilmiy rahbari. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bag’ishlangan. As: Lineynie raschetnie modeli setey elektricheskix sistem, T., 1982; osnovi teorii i rascheta ustanovivshixsya rejimov elektricheskix sistem, T., 1985; Ustanovivshiesya rejimi elektro-energeticheskix sistem i ix optimizasiya, T., 1999.