Nosirov Abdulla

Nosirov Abdulla (1899.6.12 – Toshkent — 1987) — bibliograf, xattot, manbashunos olim. Dastlab Ko’kaldosh madrasasida mudarris, keyinchalik xattot va shoir bo’lgan bobosi Sirojiddin Maxdum Sidqiy Xondayliqiy qo’lida tahsil ko’rgan. 1922-40 yillarda Toshkent shahar va rayon kutubxonalarida, 1940 yildan esahoz. Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ishlagan. 1943 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi. Nosirov Sharqshunoslik institutidagi qo’lyozma va bosma kitoblar bo’yicha O’rta Osiyo olimlari, shoirlari hamda o’lka va shaharlar haqida bibliografik ma’lumotlar to’plagan, ularga ko’rsatkichlar tuzib, mavzuiga ko’ra, soxalarga taqsimlab chiqqan. O’rta Osiyo xalqlari madaniyati, tarixi va boshqalarga oid bir qancha ilmiy risolalar muallifi. As: O’rta Osiyolik qirqolim (hamkorlikda), T., 1962; Ali Qushchi, T., 1964; Axmad Farg’oniy (hamkorlikla), T., 1966; Alisher Navoiy qo’lyozma asarlari katalogi (hamkorlikda), T., 1970.