Nosir Jamol Abdul

Nosir Jamol Abdul (1918.15.1, Misr, Asyut viloyati Bann Mur qishlog’i — 1970.28.9, Qohira) – Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi, 1939 yil harbiy bilim yurtini, 1942 yil harbiy-shtab kollejini tugatgan. 1948— 1949 yillardagi Arab—Isroil urushi ishtirokchisi, «ozod zobitlar» tashkilotini tuzib inqilobiy harakatga rahbarlik qilgan. Nosir Inqilobiy kengashning avvalo rais o’rinbosari, so’ng raisi, 1952-56 yillarda Misr Bosh vaziri o’rinbosari, ichki ishlar vaziri, Bosh vaziri bo’lgan. 1956 yil iyun — 1958 yil Fevralda Misr prezidenti. 1956 yil Misr xalqining ingliz-frantsuz-Isroil agressiyasiga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1958 yil Nosir rahbarligida Misr bilan Suriya qo’shilib, Birlashgan Arab Respublikasi (bar) vujudga keldi. N. 1958 yil Bar prezidenti, 1963 yil Arab sotsialistik Ittifoqining raisi, 1956 yildan Bar qurolli kuchlari bosh qo’mondoni. 1961 yilda Suriyani bardan ajralib chiqishi Nosirning umum millatparvarlik siyosatiga hamda 1967 yildagi Isroil bilan bo’lgan «olti kunlik urush»da Misr armiyasining yengilishi Nosirning siyosiy mavqeiga sezilarli zarba bergan.