Nosirov Po’latjon Xayrullayevich
Nosirov Po’latjon Xayrullayevich (1948.6.1, Urgut shahri – 1999.15.9, Toshkent) — iqtisodchi olim, O’zbekiston qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1992), iqtisod fanlari Doktori (1987), professor (1991). Toshkent xalq xo’jaligi institutini tugatgan (1970). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida ilmiy xodim (1972-75), ilmiy kotib, bo’lim boshlig’i, direktor o’rinbosari (1975— 90), O’zbekiston Respublikasi Davlat rejalashtirish qo’mitasi raisining o’rinbosari (1990-92), O’zbekiston moliya vazirining 1-o’rinbosari (1992-93), istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasi raisining 1-o’rinbosari (1993-94), shu qo’mita Bosh hisoblash markazining Bosh direktori (1994), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Bosh maslahatchi — Tahlil va axborot markazining rahbari (1994-96), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 1-prorektor (1996-97), 1998 yildan bank va moliya akademiyasi moliya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari O’zbekistonda tovar-pul munosabatlari, narxlarning shakllanishi, rejalashtirish hamda marketing muammolariga bag’ishlangan.