Nosirov Ubaydulla Nasrullayevich
Nosirov Ubaydulla Nasrullayevich (1935.18.2, Jizzax tumani) — Zootexnik olim, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995), qishloq xo’jalik fanlari Doktori (1974), professor (1979), O’zbekiston qishloq xo’jaligi faning muxbir a’zosi (1991). Samarqand qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1957). Zomin tumanining “Zomin” xo’jaligida zootexnik-selektsioner (1960-64), O’zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1964-67), laboratoriya va bo’lim boshlig’i (1968-82), Respublika naslchilik markazi direktori (1982 — 84), O’zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1984-89), “Plemelita” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori (1989-99). 1999 yildan Toshkent agrar universitetining professor. Ilmiy ishlari qoramolchilikda go’sht yo’nalishidagi “selektsiya, naslchilik xizmatini tashkil etish, mol go’shti yetishtirishning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan. Oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar muallifi. As: go’shtdor qoramolchilik, T., 1971; Proizvodstvo govyadini v zonax jarkogo klimata, T., 1985; Qoramolchilik, T., 2001; fermer bo’laman, T., 2002.