Nomiq Kamol

Nomiq Kamol (taxallusi; asl ismi Mehmed, 1840.21.12, Taqirtog’ — 1888.2.12, sakiz oroli) — turk yozuvchisi, publisist va davlat arbobi. Turk dramaturgiyasini rivojlantirib, romanchilikka asos solgan yozuvchilardan biri. “Yangi Usmonlilar” jamiyatining a’zosi (1865). “Fikr tasviri” gaz.ni tashkil etgan. Abdulhamid II hukmronligi davrida Nomiq Kamol Midilli oroliga surgun qilingan. Surgunda “Jaloliddin Xorazmshox” pesasini yozgan. Asarda bosh qaxramon Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi mardona kurashi misolida hurriyatparvarlik fikrlari olg’a surilgan. Pyesa Sulton Abdulhamid II ga maqbul kelib, Nomiq Kamolni rodosi (1884), Sakiz ( 1887) o. lariga hokim etib tayinlagan. Asarlarida vatanparvarlik, millatparvarlik, Hurriyat, ma’rifatparvarlik, tenglik g’oyalari aks etgan. Shaxs erki, Vatan manfaatini doim bi-rinchi o’ringa qo’ygan. Romantik ruxdagi asarlarida hamisha adolat tantanasi tasvirlangan. “Bechora bola” (1873), “Akifbey” (1874), “Gulnihol” (1875), “Jaloliddin Xorazmshoh” (1875) pyesalari, “intibax” (1876), “jazmiy” (1880) romanlari, she’rlari, publisistik maqolalari, Usmoniylar tarixiga bag’ishlangan ilmiy asarlari (Usmonli tarixi, 1971-74; Buyuk islom tarixi, 1975) Nomiq Kamolni davrining eng mashhur adibi sifatida tanitdi. Uning she’rlari to’plam holida 1941 yil S. N. Erg’un tomonidan e’lon qilingan. “Jaloliddin Xorazmshoh” pyesasi o’zbek tiliga tarjima qilinib (tarjimon Xurshid Davron), televideniye orqali namoyish etilgan.