Neandertallar

Neandertallar — qadimgi qazilma odamlar, paleoantroplarning bir guruhi. Neandertallar skelet qoldiklari (bosh miya qutisi, qovurg’alarning bo’laklari, yelka hamda son suyaklari va boshqalar). 1856 yilda neandertal vodiysida (GFR ning Dyusseldorf shahri yaqinida; nomi shundan olingan), shuningdek, Osiyo, O’rta Osiyo va Afrikada topilgan. Neandertallar bo’yi uncha baland bo’lmagan (160 santimetrga yaqin), miyasi yirik (1700 sm3), lekin hozirgi odamlarnikiga nisbatan soda tuzilgan, ko’zining ustida qalin bo’rtig’i bo’lgan. Neandertallar bundan 200-35 ming yil avval — vyurm muzligi davrida G’arbiy Yevropada, odatda, g’orlarda yashab, yirik hayvonlarni ovlashgan, qurollar yasashgan (muste madaniyati). Olov yoqishni va undan foydalanishni bilishgan, to’da bo’lib yashashgan. Ad.: Alekseev V. P., Stanovlenie cheloveka, M., 1984.