Neapol universiteti

Neapol universiteti – Italiyaning qadimgi universitetlaridan biri. 1224 yil Neapol shahrida Sitsiliya Qirolligining davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Tibbiyot, matematika, fizika, tabiiy fanlar, farmakologiya, muhandislik, me’morlik, agronomiya, veterinariya, huquq, iqtisodiyot, filologiya, falsafa va boshqa sohillar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 100 mingdan ortiqtalaba ta’lim oladi. Kutubxonasi (1615 yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi.