Neapol qirolligi
Neapol qirolligi – 1) Apennin yarim orolining Janubiy qismida 1282 yildan (rasman 1302 yildan) 1504 yilgacha (1442— 58 yillarda tanaffuslar bilan) mavjud bo’lgan davlat. Sitsiliya qirolligi parchalanishi munosabati bilan barpo etilgan. 1504 yil Ispaniya tarkibiga kirgan; 2) 1806-15 yillarda Frantsiyaga qaram davlat, Frantsiyadan mustaqil bo’lgan Italiya hududidagi ikkala Sitsiliya qirolligi bilan birlashgan. Qirollik frantsuz qo’shinlari tomonidan bosib olingach, Neapol qirolligida Napoleon I ning generali Jozef Bonapart (1806-08) va Myurat (1808-15) hukmronlik qilgan. 1815 yil hokimiyat neapollik Burbonlar qo’liga o’tgan.