Nitridlar

Nitridlar — azotning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Ko’pincha Nitridlar deganda tarkibida azot va biror metall bo’lgan birikmalar tushuniladi. Nitridlar tuzilishi va xossasiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: ion bog’li, kovalent bogli va metall bog’li Nitridlar (yoki metallsimon Nitridlar). Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning nitridlari, masalan, K3N, CaN2, mis va rux nitridlari ion bog’li Nitridlarga kiradi. V, Al, Si, Ga, Ge kabi elementlarning nitridlari (BN. A1N, SiN4, GaN, GeN4) kovalent bog’li Nitridlarga kiradi. Bular kimyoviy ta’sirlarga chidamli, qiyin suyuqlanadigan va termik barkaror moddalardir. Metall bog’li Nitridlar azotning ba’zi elementlar bilan birikishidan hosil bo’ladi. Masalan, TiN, Cr2N, TaN, Ta2N va h.k. W2N, Ti3N, Mn4N o’ta qattiq, mo’rt, qiyin suyuqlanadigan birikmalar. Nitridlar texnikaning turli sohalarida, jumladan, yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.