Neytrino

Neytrino (italyancha neutrino — neytroncha) — elektr zaryadi nolga, spini ½ ga va tinch holatdagi massasi nolga yaqin bo’lgan elementar zarra (v). LEPtonlar guruhiga kiradi. Elektron Neytrinosi (ve) va myuon Neytrinosi (v^) nomlari bilan ham ishlatiladi. Neytrino har ikki ko’rinishning o’ziga xos antineytrinosi bor (elektronniki v_ , myuonniki v^ ). Elektron va myuon zarralar bir-biridan kvant sonlari (lepton zaryadlari) Le va L bilan farq qiladi, ya’ni L = + 1, L=b. Neytrino o’zaro kuchli ta’sirda ham, elektromagnit o’zaro ta’sirda ham qatnashmaydi va faqat o’zaro kuchsiz ta’sirda ishtirok etadi. Shuning uchun Neytrinoni bevosita kuzatish qiyin. Quvvatli atom reaktorlari va tezlatkichlar qurilganidan so’nggina, Neytrinoning o’ta intensiv oqimini olish va uni kuzatish imkoni tug’ildi. Neytrino massasi juda kichik, lekin o’tuvchanlik qobiliyati katta. 1930 yilda V. Pauli beta-yemirilish jarayonini o’rganishda juda kichik massali va spi ni yarimga teng bo’lgan neytral zarra borligini taxmin qilgan edi. Lekin 1932 yilda J. Chedvik neytronni kashf qilganidan so’ng, E. Fermi beta-yemirilish jarayonida ishtirok etadigan bu zarrani “Neytrino” deb atashni taklif etdi. V. Pauli taxmin qilgan zarra 25 yildan so’ng kuzatildi va fanda yangi — Neytrino fizikasi, Neytrino astronomiyasi kabi sohalar paydo bo’ldi. Aniqlanishicha, Yerning har bir kilogramm massasida uz-luksiz ravishda sekundiga 7330 ta antineytrino chiqadi. Bu Neytrinolarning manbai yerdagi radioaktiv moddalardir. Quyosh, yulduzlardagi termoyadro reaktsiyasining mahsulotlari koinotdagi Neytrino (antineytrino) manbai hisoblanadi. Tajribalar natijasida Neytrino massasi ekani ma’lum bo’ldi. Neytrinoning magnit momenti juda ham kichik m(v)=10~7 SV, bu yerda SB — bor magnetoni. Antineytrino Neytrinoning antizarrasi bo’lganidan uning magnit momenti ts(u) dan ishorasi bilan farqqiladi. Hozirgi vaqtda Quyosh Neytrinosi, yuqori energiyali kosmik Neytrinoni qayd qilish va tekshirish yanada keng amalga oshirilmoqda.