Neytron yulduzlar

Neytron yulduzlar – katta massali yulduzlar evolyutsiyasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan oxirgi bosqichlardan biri. Neytron yulduzlar moddasi, asosan, neytrondan va qisman elektron, proton va ogir yadrolardan tashkil topgan. Neytron yulduzlarning koinotda bo’lishi mumkinligini birinchi marta L. D. Landau aytgan (1932). 1934 yil esa amerikalik astronomlar U. Baade va F. Svikki Neytron yulduzlar o’ta yangi yulduzlarning chaqnashlarida xreil bo’lishi mumkin, deb taxmin qildilar. Yulduzlar evolyusiyasi nazariyasida ko’rsatilishicha, katta yulduzlarning yadro «yonilg’isi» tugagach, ularning Markaziy qismlarida falokatli suratda tez yuz beradigan gravitatsion siqilish (gravitatsion kollaps) kuzatiladi. Kollaps paytida modda zichligi shu qadar ko’p ortadiki, bunda neytronlar protonlarga nisbatan turg’unroq bo’lib qoladi. Bunday sharoitda protonlar va turgun atom yadrolari neytronlarga va ko’p neytronli atom yadrolariga aylanadi. Neytron yulduzlarning o’rtacha zichligi moddaning yadro zichligiga teng yoki undan ham katta bo’ladi, shu sababli, Neytron yulduzlarning tuzilish xususiyatlari, asosan, yadro kuchlariga bog’liq. Neytron yulduzlar uchun gravitasion energiya (~1053 erg) ham xarakterli. Bu ikki omil Neytron yulduzlarning ichki tuzilishini o’rganishda katta ahamiyatga ega. 1967 yilda ayrim Neytron yulduzlar (pulsarlar) kashf etildi.