Irokez tillari

Irokez tillari – AQShning shimoliy Sharqiy qismi va Kanadaning unga qo’shni hududlaridagi shim. Amerika indeyslari tiliga yaqin qardosh tillar. Irokez tillari o’z tarkibiga irokez, yeri, Seneka, Oneida, tuskarora, mogavk, Guron va Cheroki tillarini birlashtiradi. Irokez tillari kadlo, Pavni, arikara va boshqa tillar bilan (AQSh Markaziy qismidagi) irokua-kaddo oilasini tashkil etadi va o’z navbatida kattaroq til oilasi — xokasiuga birlashadi. Irokez tillari fonetika tizimida 20 fonema bor, bularda vokallik kuchli. Fe’llar polisintetik, affikolarga boy, inkorporatsiyadan foydalanadi. Bu gapning asosini tashkil etadi. Irokez tillarida so’z yasash rivojlangan. Cheroki tilida bo’g’in-yozuv mavjud. Bu yozuv 19-asr boshlarida sekvoyya ismli indeys tomonidan yaratilgan bo’lib, 85 belgidan iborat.