Parsell

Parsell (Persell; Pursell) Edvard Mile (1912.30.8, Teylorvill, Illinoys shtati -1997) — amerikalik fizik, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1951 yildan). Perdyu universitetini tugatgan (1953). 1938 yildan Garvard universitetida (1949 yildan professor), Massachusets texnologiya institutining radiolokatsiya laboratoriyada ishlagan (1940-46). Ilmiy ishlari radiospektroskopiyaga oid. F. Bloxyaan mustaqil tarzda yadro, magnit rezonansi hodisasini kashf qilgan (1946 yilda). G. Yuen bilan hamkorlikda neytral yulduzlararo vodorodning kosmik radionurlanish chikarishini topgan (1951). Nobel mukofoti laureati (1952; F. Blox bilan birgalikda).