Partenokarpiya

Partenokarpiya (lotincha Parlenos — bokiralik, qizlik va karpos — meva) — o’simliklarda gulning urug’lanmasdan meva tugishi. Changlanmasdan meva hosil bo’lishi vegetativ (avtonom) Partenokarpiya, urug’chi tumshuqchasiga boshqa o’simlik guli changini ta’sir ettirib meva hosil qilish stimulyativ Partenokarpiya deyiladi. Masalan, nok urug’chisiga olma gul changini, baklajon urug’chisiga pomidor guli changini ta’sir ettirib, sun’iy stimulyativ Partenokarpiya paydo qilish mumkin. Partenokarpiya natijasida hosil bo’lgan meva urug’siz yoki urug’i murtaksiz bo’ladi. Partenokarpiya uzum, olma, nok, pomidor, mandarin va boshqa ko’pchilik o’simliklarda aniqlangan. Sun’iy stimulyativ Partenokarpiya mexanik, kimyoviy, harorat ta’sirida hosil qilinadi. Partenokarpik meva yirik va shirin bo’lganidan katta xo’jalik ahamiyatiga ega.