Parfiya tili

Parfiya tili, Parfiy tili — Hind-Yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruxiga mansub ulik til. Arshakiylar sulolasi hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 3-asr —milodiy 3-asr) Parfiya davlatining rasmiy tili (ilk davrlarda grek va oromiy tillari bilan birga). Arshakiylar davrigacha tarixiy Parfiya viloyatida hamda Kaspiy dengizining Janubi- sharqida, arshakiylar davrida esa Eron, Armaniston, Iroq va O’rta Osiyoda ham tarqalgan. 3-6-asrlarda sosoniylar saltanatida rasmiy til pahlaviy (o’rta fors tili) bo’lganda ham qisman qo’llanishda bo’lgan va asta-sekin fors tiliga aralashib singib ketgan (6-asr oxirlari). Parfiya yozuvi oromiy yozuvndan kelib chiqqan. Qadimgi yozma yodgorliklari — sopolaklarda saqlanib qolgan xo’jalik hujjatlari miloddan avvalgi 1-asrga mansub.