Pistolet-pulemyot

Pistolet-pulemyot — avtomatik individual o’q otar qurol. Dushmanning 300 metrgacha masofadagi kuchlarini nishonga olishga mo’ljallangan. Asosan, piyoda qo’shinlarda qo’llanadi. Birinchi Pistolet-pulemyot 1-jahon urushi (1914-18)da yuzaga kelgan. 20-asrning 40-yillari oxiridan 1000 metrgacha masofadagi nishonni shikastlantira oladigan M.T. Kalashnikov Pistolet-pulemyoti qo’llana boshlagan. Bu Pistolet-pulemyot maxsus almashtirgich yordamida bittadan yoki to’xtovsiz o’t ochish imkoniyatiga ega. Magaziniga 20 dan 71 tagacha patron sig’adi. Tezotarligi 1 minutda 80 dan 140 ta o’qqacha. Ko’p mamlakatlarning armiyasida qo’llanadi.