ACHCHISOY
ACHCHISOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtog’ning Janubiy yon bag’rida 800 metr balandlikdagi adirlardan boshlanib, Janub tomon oqadi. Bahorda Shovot kanaliga quyiladi. Uzunligi 18 kilometr. Yomg’ir va buloqlardan suv oladi. Achchisoy qish va bahor fasllarida sersuv bo’lib, yoz va kuzda deyarli qurib qoladi.