Peshrav

Peshrav (fors. — oldinda yuruvchi) — 1) ashula yo’llarida cholg’u muqad-Dima vazifasini bajaruvchi kuy tu-zilmasi. Bastakorlik ijodiyoti rivojlanishi ja- rayonida P. mustaqil cholg’u kuy sifatida shakllangan. 14— 17-a.larda “P.”nomi ayrim ashula namunalariga ham ishla- tilgani ma’lum; 2) Shashmaqom va xo- razm maqomlari tarkibidagi cholg’u qism nomi. Shashmaqom majmuasidagi Dugoh ma-qomi mushkilot bo’limida P.i Dugoh asari mavjud. Xorazm maqomlarida P. asosiy cholg’u qismlaridan biri hisoblanadi; 3) kuy rivoji vosita- si, US-lubi. Unga ko’ra, har navbatdagi yuqoriroq joylashgan pardalardan biri zabt etilib, pog’onama-pog’ona pastga qarab siljish orqali tayanch pardagacha Kay-tib kelinadi. Deyarli barcha mumtoz cholg’u kuylarda P. vositasi qo’llanilgan. Keng ma’noda maqom cholg’u yo’llari P. US- lubi ta’siri ostida bastalangan. P. to- jik, uyg’ur, Ozarbayjon, turk, Eron, Arab va b. Sharq xalklari musiqasida ham kat- ta o’rin tutadi. 20-a. uzbek bastakorlari (T.Jalilov, Yu.Rajabiy, K.Jabborov va b.) P. Xu-susiyatlaridan foydalanib ashula, ommabop qo’shiqlar yaratishgan. Ravshan Yunusov.