Penza viloyati
Penza viloyati – RF tarkibi- dagi viloyat. 1939 y. 4 Fev.da tashkil etilgan. Rossiya Evropa qismining Jan.- sharqida joylashgan. Volgabo’yi Fede- ral okrugiga kiradi. Mayd. 43,2 ming km2. Aholisi 1453,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, mordva, ta- tar, chuvash va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,4%. P.v.da 28 ma’muriy tuman, 11 shahar, 16 shaharcha bor. Markazi — Penza sh. Boshka Yi-rik shaharlari — Kuznesk, Serdobsk. Viloyat hududining katta qismini Volgabo’yi qirlari (eng baland joyi 331 m) egallaydi. Chekka g’arbiy qismi oka — Don tekisligida (bal. 150-180 m) joy- lashgan. Ikdimi mo”tadil kon-tinental. Yanv.ningo’rtachat-rasi -12°, iyulniki 19°. Yillik yog’in 600 mm. Vegetasiya davr i 126-132 kun. Yirik da-ryolari — Sura, Moksha, Xopyor, Vorona. P.v.ning katta qismi o’rmon dasht va qisman keng bargli o’rmonlar zona-sida (sharkda) joylashgan. 65%dan or-tiq hududi krra- tuprokli. Hududining 23% o’rmon. Tul- ki, suvsar, quyon, bo’rsiq, ko’rsichqon, qora sassiqko’zan, yumronqoziq, kiyik, vixu- xol, Los, oq sichqon, latcha yashaydi. VI- loyat hudu-dida Volgabo’yi o’rmon-dasht qo’riqxo-nasi tashkil etilgan. Asosiy sanoat tarmoklari: mashi- nasozlik (kimyo uskunalari, quvur o’tka- zish sanoat apparaturam, to’qimachilik mashinalari, kompressorlar, dizel va dizelli generatorlar, q.x. mashinala- ri, hisoblash texnikasi vositalari, velosipedlar i.ch.), engil (poyabzal, to’qimachilik), oziq-ovqat, kimyo-farma- tsev-tika. Yuqori sifatli idish-tovoqlar ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat Mar- kazlari: Penza, Kuznesk, Serdobsk, ka- menka, Nijniy Lomov. Viloyat q.x. donchilik va chorvachilik- ka ixtisoslashgan. G’alla, qand Lav- lagi, kungaboqar, sabzavot, kartoshka, em-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parranda boqiladi. Avtoyo’llar zichligi 133 km/ming km2 (1997). 5 oliy o’quv yurti, 8 muzey, 2 te- ATR, botanika bog’i, 7 sanatoriy, 56 dam olish uyi, Axunya kurorti mavjud.