Penetrantlik

Penetrantlik (lot. penetro — teshib kiraman, etib olaman) — yaqin qarindosh organizm guruhlarining har xil individlarida muhit sharoitlariga bog’liq holda ma’lum gen alleli faoli- yatining namoyon bo’lish chastota-si. “P.» termini rus olimi N. V. Timofeev-Re- sovskiy (1927) tomonidan taklif etil- gan. To’liq P. (allel barcha individlarda o’z faoliyatini ko’rsatadi) va to’liqsiz P. (allel bir guruh individlarda FA-oliyat ko’rsata olmaydi) farkdanadi. To’liqsiz P. ko’pgina genlarning faoliyatiga xos. Mas, Xitoy Navro’zguli gulining qizil (R-) — oq (RR) rangi harorat 15-25° bo’lgan sharoitda monoduragay tipda ir- siylanadi. Agar F2 o’simliklari 30— 35° haroratli sharoitda o’stirilsa, bar- cha o’simlik gullari oq rangda, 25-30° haroratli sharoitda esa ZR-:1 RR nisbat- dan to 100 % oq gulli o’simliklargacha kuzatiladi. Bir xil genotipli organizmlarda belgining muhit sharoitlariga bog’liq holda namoyon bo’lish yoki bo’lmaslik holati konkret sharoitda yashayotgan orga – nizmdagi genlar ta’sirining natijasi- dir.