Pennin

Pennin — xloritlar guruhiga mansub mineral. Metamorfik tog’ jinslarida keng tarqalgan. Kimyoviy tarkibi (Mg, Fe)5 Al[AlSi3O10](OH)8. Monoklin singoniyali; psevdogeksagonal, plastinkasimon kristallar hosil qiladi. Rangi, ko’pincha, yashildan qoramtiryashilgacha; xromga boy bo’lgan Pennin (rodoxrom, kemmererit) esa pushti, binafsha yoki och qizil, qizil bo’ladi. Qattiqligi 2-2,5, zichligi 2600-2850 kg/m3. Ikkilamchi mineral sifatida magnezial-temir silikatlar (olivin, enstatit, shox aldamchisi, biotit va boshqalar) metamorflanishidan hosil bo’ladi. Qog’oz sanoatida ishlatiladi.