Matematik analiz
Matematik analiz – matemati- ka sohalaridan biri. M. a. takomillashib va rivojlanib boruvchi apparatga ega bo’lib, bu apparat asosini differentsi- al va integral hisob tashkil qiladi. M.a. o’ziga xos tadqiqot ob’ektiga (o’zgaruvchi kattalik), o’ziga xos tadqiqot uslubiga (cheksiz kichiklar yoki limitga o’tish vo- sitasida analiz qilish), asosiy tushun- chalarning ma’lum majmuasi (funktsiya, limit, Hosila, differentsial, integral, qator) ga ega. M.a. mat.ning bo’limi si- fatida 18-a. oxirida shakllandi. M. a.ning tadqiqot predmeti funktsiyalar- dan yoki o’zgaruvchi miqdorlar orasidagi bog’lanishlardan iborat. M. a.ning asos- chilari I. Nyuton va g. Leybnislardir.