Skryabin Aleksandr Nikolaevich
Skryabin Aleksandr Nikolaevich [1871.25.12(1872.6.1) Moskva 1915.14(27)4] — rus kompozitori va Pia- ninochi. Musiqa islohotchilaridan. Mo- skva konservatoriyasini tugatgan (1892) va unda dars bergan (1898 y.dan). Asosan, fortepiano (prelyudiya, etyud, Sonata va poemalar) va simfonik (3 ta simfoniya, fortepiano va orkestr uchun kontsert, “Orzular, “jazava poemasi” va b.) asar- larini ijod qilib, o’ziga xos obrazlar dunyosi hamda ifodaviy vositalar maj- muini yaratgan. Kichik shakldagi asarla- riga musiqiy romantizm va impressi- onizm xususiyatlari, yirik asarlariga jo’shqinlik, falsafiy mazmundorlik xos. Musiqa amaliyotida birinchilardan bo’lib rangli nurlardan foydalangan, “rangli musiqa” (svetomuzika)ga asos solgan (“Prometey” — “olov poemasi”, 1910).