Gistologiya

Gistologiya (gisto… va …lo- giya) — odam va hayvonlar organizmi- ning to’qimalari haqidagi fan. “G.» terminini birinchi bo’lib nemis oli- mi K. Mayer taklif etgan. G. to’qima va a’zolarning evolyusiyasi, rivoj- lanishi (gistogenez), mikroskopik va o’ta nozik tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi (gistofiziologiya), shuning- dek, ularning tuzilishi b-n faoliya- ti o’rtasidagi bog’lanishni o’rganadi. G. odam va hayvonlar anatomiyasi, fizio- logiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, biokimyo, embriologiya va bir qancha klinik fanlar b-n chambarchas bog’langan. G.ning asosiy bo’limlari: hujayralar haqidagi fan — tsitolo- giya; to’qimalar haqidagi fan — umumiy G.; a’zolarning mikroskopik tuzilishi haqidagi fan — xususiy g. Zamonaviy G. maqsadlari va tekshirish usullari- ga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi: hujayra, to’qima va a’zolar hamda ular- dagi ayrim strukturalar (mas, kollagen, elastik tolalar), hujayra organoid- lari (mitoxondriyalar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, lizosomalar va h.k.)ning funktsiyasi haqidagi ta’-limot — gistofiziologiya , hujayra va to’qimalar rivojlanishining tur- li bosqichlarida hamda hayot faoliyati davrida ro’y beradigan biokimyoviy ja- rayonlarni o’rganadigan tsitokimyo va- gistokimyo, hujayra va to’qimalarning eng nozik (submikroskopik) tuzilishi haqidagi ta’limot — elektron mikro- skopiya shular jumlasidandir. Bundan tashqari, normal to’qima va a’zolarning mikroskopik tuzilishini o’rganadigan tasviriy g., tajriba (eksperiment) vaqtida hayvon to’qimalarida ro’y bera- digan morfologik o’zgarishlarni tek- shiradigan eksperimental g., patologik holatdagi to’qima va a’zolarning mor- fologik o’zgarishlarini o’rganadigan patogistologiya ham bor. G. fanining shakllanishi mikroskop takomili b-n uzviy bog’langan. Birinchi eng oddiy mikroskopni golland olimi Gene Yan- sen va o’g’li Zaxarias 1591 y. kashf etgan. 17-18-a.larda g.ga oid ma’lumotlar qisman anatomiyaga, qisman fiziolo- giyaga ayrim bob bo’lib kirdi. G. 19-a. dagina mustaqil fan bo’lib maydon- ga keldi. 19-a.ning 30-y.larida nemis biologi T. Shvann G. fanida erishilgan yutuqlar hamda o’zi yasagan axromatik mikroskopdan foydalanib, hayvon va o’simliklar hujayralardan tuzilgan va hujayralardan rivojlanadi, degan na- Zariya (hujayra nazariyasi)ni asosladi. Shundan keyin g. tez rivojlana boshla- Di. To’qimalarni organizmdan tashqarida undirish, ayrim to’qimalarda jarrox- lik operasiyalari o’tkazish usullarini joriy qilish tufayli g.ning tadqiqot ko’lami boyidi. Tsitofotometriya, radio- avtografiya, ultrabinafsha nurlar b-n o’tkaziladigan mikroskopiya, interfe- rentsion mikroskopiya, differentsial tsentrifugalash, elektron mikroskopik gistokimyo va b. zamonaviy usullarning qo’llanilishi tekshirilayotgan birik- malarning joylashuvinigina emas, bal- ki ularning miqdorini organizmning normal hayot faoliyati jarayonida va Pa- tologik jarayonlarning taraqqiy eti- shini o’rganishga imkon berdi. G. yuksak nazariy va amaliy axamiyatga ega bo’lgan fanlar qatoriga kiradi. So’nggi vaqtda elektron mikroskop yordamida to’qima, hujayralarning o’ta nozik tuzilishini o’rganish usuli keng rivoj topdi. Tosh- kent davlat tibbiyot in-ti (1-toshti) olimlari (O’zbekistan FA ning akad. KL.Zufarov, prof.lar V.M. Gontmaxer, A.Y. Yo’ldoshev va b.) samarali ilmiy iz- lanishlar olib borib, 1987 y.da muhim ilmiy kashfiyot qildilar. Ular dunyo- da birinchi marta go’dak bolalarda ichak orqali so’rilgan ekzogen oqsil modda- lar buyrakda parchalanishini va qayta so’rilishini isbotlab, pediatriya, Die- tologiya, nefrologiya, fanlarining ri- vojlanishiga salmoqli hissa qo’shdilar. G. tibbiyot, chorvachilik va veterina- riyaning dolzarb muammolari b-n uz- viy bog’langan holda rivojlanmoqda. Ld.: Zufarov K. A. i dr., At- Las “Elektronnaya mikrosko- Piya organov i tkaney”, T., 1971. Komiljon Zufarov.