Grodno

Grodno — Belorussiyadagi shahar, Grodno viloyatining markazi. Neman daryosi sohilida. Daryo pristani. T.y. tuguni. Axolisi 307 ming (1998). Kimyo (“Ximvolokno”, “azot” i.ch. birlashma- lari), mashinasozlik va metallsozlik, engil (to’qimachilik va ko’n poyabzal) sanoati rivojlangan. Mebel f-kasi bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy o’quv yurti (shu jum- ladan un-t), 2 teatr, tarix-arxeologiya muzey-qo’riqxonasi bor. G. 1128 y.dan ma’lum. 1376 y.dan Litva va Polshada, £ 1795 y.dan Rossiya imperiyasi, 1920 — 39 y.larda Polsha tarkibida. Borisoglebsk cherkovi (12-a.), Ko’hna qasr (16-a. oxiri), Yangi qasr (18-a. o’rtalari), ieuzit kostyo- li (17 — 18-a.lar) saqlangan.