Grossulyar

Grossulyar — granatlar guruhiga mansub mineral. Tuzilishi krijovnik mevasiga o’xshash, lotincha (grossularia — krijovnik) nomi shundan. Kimyoviy formulasi Ca3Al2{SiO4}r kub singoniyali, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5 — 7,5. Zichligi 3530 – 3600 kg/m3. Och yashil, sarg’ish, qo’ng’ir, rangsiz kristallar, agregatlar. Skarnlar minerali. Shaffof turi zargarlikda ishlatiladi. O’zbekistonda (skarn jinslarda), Avstriya va Shveytsariya (Alp tomirlarida), Pokiston (Pokiston zumradi), Tanzaniya, Rossiya Federatsiytasi (Sharqiy Sibir)da uchraydi.