Gidrologik rejim

Gidrologik rejim-suv manbai (Daryo, ko’l va b.) xolatining ular suv to’playdigan havzaning tabiiy Geo- grafik xususiyatlari, birinchi navbatda iqlim sharoiti ta’sirida vaqt bo’yicha qonuniyatli o’zgarishi. G.r. suv sathi, suv sarfi (oqim rejimi), suv t-rasi reji- mi, muzlash hodisalari (muzlar reji- mi), loyqa oqiziqlar (oqiziqlar reji- mi), suvda erigan moddalar, o’zan holati kabi g.r. elementlarining kunlik, oy- lik, mavsumiy, yillik va ko’p yillik o’zgarishlari tarzida namoyon buladi. Suv manbaining turiga bog’liq holda Daryo, ko’l, er osti suvlari, botqoqliklar, muz- liklar g.r.lari farqlanadi. Hoz. kunda suv manbalarining tabiiy g.r. inson xo’jalik faoliyati ta’siri (kanallar, suv omborlari qurilishi) natijasida o’zgargan.