O’ZBEKISTON SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM MARKAZI

O’ZBEKISTON SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM MARKAZI, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi — yuqori malakali ixtisoslash- gan shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatadigan ilmiy muassasa. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 2001 yil 1 maydan faoliyat ko’rsata boshladi. 760 o’ringa mo’ljallangan hamda jahon an- dozalari darajasidagi tegishli tibbiyot asbobuskunalari bilan jihozlangan ushbu markaz respublikamiz aholisiga tunu kun yuqori malakali maxsus Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish quvvatiga ega. Tarkibiga respublika sanaviasiyasi va Toshkent shahri “03” xizmati ham kiradi. Uning viloyatlarda 12 ta filiali va 173 ta bo’limi, shuningdek, tuman va shahar miqyosida favqulodda vaziyatlarda faoliyat ko’rsatuvchi 182 ta shoshilinch tibbiy yordam brigadalari mavjud.

Markazda 11 ta ilmiy bo’lim (shoshilinch jarrohlik; qo’shma va asoratlangan jarohatlar; kombustiologiya; shoshilinch terapevtik holatlar; toksikologiya va kritik holatlar; yosh bolalar shoshilinch jarrohligi; shoshilinch pediatrik holatlar; shoshilinch uroginekologiya; nur diagnostikasi; patologik anatomiya va eksperimental tibbiyot, qabul diagnostika), ular tarkibida 36 ta klinik bo’linma bo’lib, turli xil shoshilinch jarrohlik, neyrojarrohlik, akusherginekologik, urologik, terapevtik, kardiologik va boshqalar patologiyali bemorlarni qabul qiladi. 2005 yil 225 o’rinli pediatriya majmui ishga tushirildi. Markaz zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolariga oid ilmiy tadqiqotlar olib boradi, bular, asosan, shoshilinch holatlarni erta diagnostika qilish va davolashning eng maqbul va kam jarohat yetkazuvchi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bular davolash samaradorligini oshirish bilan birga, yotib davolanish muddatini, shuningdek, davolanish uchun ketadigan xarajatlarni jiddiy kamaytirishga imkon beradi.

Markaz, uning filiallari, bo’lim va bo’linmalarida aloqa va telekommunikatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Ular zamonaviy telefon va mobil aloqa (tranking radiotelefon va uyali aloqa) vositalari hamda kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan, bu shoshilinch tibbiy yordam tizimi texnologiyasi, shuningdek, teletibbiyot tizimini, ya’ni uzluksiz faoliyat ko’rsatuvchi tibbiyot xodimlarini masofadan turib o’qitish va tegishli maslahatlar berish (konsultatsiya) tizimini ham o’z ichiga oladi. Markazda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish intining kafedralari bor. Markaz respublikada shoshilinch tibbiy xizmat tizimini, bu sohada mavjud moddiy-texnik, ilmiy va kadrlar salohiyatini yagona tizimga birlashtiradi. Davlat tomonidan ta’minlanadigan ushbu Markaz aholiga shoshilinch holatlarda yuqori malakali bepul tibbiy yordam ko’rsatish davlat kafolatini amalga oshiradi.