Pashkov koshonasi haqida nimalarni bilasiz?
Mashhur rus me’mori V. Bajenovning eng mukammal asari deb u tomonidan badavlat zamindor-pomeshchik P. Ye. Pashkov uchun hurilgan Pashkov koshonasini hisoblashadi. Endilikda bu dargohda Rossiya Davlat kutubxonasining filiali, kitoblar muzeyi joylashgan. Bino tik tushgan tepalikda qurilgan va bosh fasadi Kremlga qaratib solingan. Tepalik yonbag’rida bog’ yaratilgan bo’lib, etagida quyma panjara bilan o’rab olingan edi. Qaytadan ta’mirlash loyihalaridan birida binoning tashqi ko’rinishini butkul yangidan tiklash nazarda tutilgandi. Qizig’i shundaki, imorat ayni bir chog’da oldingi zamindorlar xonadoni ukladi-turmush yo’sinining sabiy xotirasi ham sanaladi. Chunki Bajenov koshonani usadba saroyining moskvalik dvoryan-zodagon uchun odatiy bo’lgan namunasi bo’yicha qurgan edi. Zamindor odatda vaqtining yarmini shaharda, qolgan qismini esa qishloqda o’tkazardi. Uning uchun turmush yo’sinining o’zgarmasligi, yashash sharoitining qulayligi va shahardagi turmush yo’siniga mos kelishi nihoyatda muhim bo’lgan. Turli-tuman an’analarni birlashtirgan Bajenov ko’cha fasadini yangi rusumga muvofiq Korinf ayvonchasi bilan uni ikkinchi hqavat darajasiga qadar ko’tarib bezadi, ayvonchaning ikki biqiniga yunon muzalarining haykalchalarini joylashtirdi. Bunday bezatishda o’sha zamonning boshha bir xususiyati — antik namunalarga taqlid o’z aksini topdi. Markaziy bino tepasida — balyustrada, undan yuqoriroqda Belveder (koshona tomidagi shiyponcha). Bu bezaklar esa boshqa bir zamonga, Bajenov yashagan mumtoziyat-klassisizm davriga xosdir. Bunday eklektik-qurama binokorlik usuli shunchaki yangilikgina emasdi. Bajenov ijodi ikki uslub — barokko va klassisizm o’rtasidagi chegaradan o’rin olgan. Qaydam, shuning uchun bo’lsa kerak, uning yangi topilmalari buyurtmachilar tomonidan har doim ham tushunilavermasdi. Biroq odatiy bo’lmagan konstruktsiya muqarrar ravishda taassurot uyg’otar, birovni loqayd qoldirmasdi. Qo’rg’on misol yuksalgan imorat nafis go’zalligi bilan diqqatni o’ziga jalb etardi. M. Bulgakov o’zining “Usta va Margarita” romanida binoning o’ziga xos xiromonligi, latifligini qahramoni Volandga tomdan joy berish va Pashkov koshonasining yigirmanchi yillardagi Moskvani kuzatish uchun maydoncha sifatida havola etish asnosida tasvirlaydi.