Passaj nima?

Yetuk mug’anniylarning ijrosini tinglayotganingizda, siz, albatta, ularning hayratangiz mahoratidan qayta-qayta zavqlangansiz. Va, shu narsani muqarrar payqagansizki: musiqa asarida ohanglar zo’r shitob bilan taraladigan lavhalar ham bo’lar ekan. Ular yoki marvarid donalari singari sochilib ketgandek, yoxud bitta uzluksiz oqimga qo’shilayotgandek tuyuladi. Bu narsa esa passajdir. Fransuzcha «passaj» — bu, yo’lak, o’tish demak. Darhahihat, passajni ijro etayotganida mug’anniy, birinchidan, go’yo bir registrdan boshqasiga shitob bilan o’tadi, ikkinchidan esa passajlar ko’pincha asarning turli mavzularini o’zaro birlashtiradi. To’gri, XIX asr musiqasida va biz yashayotgan kunlarda bundaqangi «ko’prikchalar» kam va tobora kamayib bormoqda. Passaj — bu, tovushlarning shitob bilan takrorlanuvchi va yangilanuvchi galma-galligi. Siz, albatta, Rimskiy-Korsakovning «Shoh Sulton haqida ertak» operasidagi mashhur «Bolarining parvozi»ni bilasiz. Esladingizmi, Xo’sh, u qay tariqa boshlanar edi? Rimskiy-Korsakov shiddatli, «Hushtaknamo» passaj bilan kemani huvib ketayotgan arini tasvirlaydi. Ammo ushbu «Hushtak»da nafis va esda qolarli kuy darj etilgan. Paganining skripka uchun kaprislari, Shopenning fortepyano uchun asarlarining passajlari nihoyatda jarangdor va mazmundor sanaladi.