Peroni kim ixtiro qilgan?

Yozuv sivilizasiya taraqqiyoti tarixidagi eng salmoqli hissa sanaladi. U insonga o’z o’y-fikrlari va ishlarini qayd etib borish imkonini berdi. Pero paydo bo’lguniga qadar inson harflar va belgilarni yozish uchun turli moslamalardan foydalangan. Masalan, qadim zamonlarda inson g’or devorlariga tasvirlarni qirib tushirish uchun qo’llari barmoqlarini o’simliklar shirasiga va hattoki hayvonlar qoniga cho’mdirib olardi. Odamzot keyinchalik bo’r yoki qattiq kesakdan foydalangan edi. Xitoyda ierogliflarni tasvirlash uchun tuya yungidan chiyralgan ingichka mo’yqalamdan foydalanishgan. Ilk patqalam Misrda ixtiro qilingani ehtimoldan yiroq emas. Misrliklar ichi kovak qamishga mis laxtagini birlashtirgan edilar. Yunonistonda birinchi yozuv qariyb 4000 yil ilgari yozilgan edi. Metall bo’lagi, fil suyagidan pero sifatida foydalanishar, oq mum bilan qoplangan lavhachalarga yozishardi. Shundan keyin pero uchini naychali o’simliklardan qirqib tayyorlaydigan bo’lishdi. Uni rangli suyuqlikka botirib olishar, harflarni papirusga tushirishardi. O’rta asrlarda qog’oz paydo bo’lishi bilan inson g’ozlar, qarg’alar, turnalarning patlaridan pero sifatida foydalana boshladi. Pat uchini tezlashar va qirqishardi, siyoh esa pat bo’ylab pastga sizib tushardi. Qizig’i shundaki, inglizcha «Pero» so’zi lotincha «qush pati» degan ma’noni anglatuvchi so’zdan olingan. Bunday patqalamlar chidamsiz ekanligiga qaramay, ming yil davomida ulardan foydalanib kelishdi. Po’lat perolar Angliyada 1780 yilda paydo bo’lgan, biroq 40 yildan ortiq vaqt ular ommalashmay turdi. Avtoruchka Amerikada taxminan 1880 yilda paydo bo’lgan. Peroni pero qirmasligi uchun osmiy-iridiy birikmasi yoki sof iridiy qatlami bilan qoplangan oltindan yasashardi. Ichida siyoh to’ldiriladigan plastmassa yoki rezina kapsula joylashtirilgan. Sharikli ruchka — yigirmanchi asrning ixtirosi. Bunda diametri taxminan bir millimetr bo’lgan xromlangan sharik, — yozadigan sirt sanaladi. Uyachada joylashgan sharik qog’oz bo’ylab harakatlanayotganda aylanib turadi. Pasta ichki penaldan kelib tushadi.