Ierogliflar bilan nimalarni yozadilar?

«Ierogliflar» so’zi qadimgi yunonchadan taxminan «muqaddas o’yma» sifatida tarjima qilinadi. Amalda esa bu, misrliklar qadimiy yozuvining to’lasincha oydinlashmagan nomidir. Nomlanish bunday yozuvlarni ilk daf’a ko’rgan yunonlar ularni kohinlar yozgan muqaddas matnlar deb o’ylaganlaridan kelib chiqqan. Haqiqatan, Misr ierogliflari, ehtimol, bizga ma’lum bo’lgan yozuv tizimlarining bobokalonidir. Topilgan bitiklardan ba’zilari taxminan miloddan avvalgi 3000 yil bilan sanalashtiriladi va qadimiy Misrning ularga asoslangan yozuv tili milodning I asrlariga qadar mavjud bo’lgan. Avvalboshda qadimgi misrliklar yozuvning dunyoning barcha ibtidoiy xalqlari foydalanganlariga o’xshash bo’lgan, oddiy suvratli yoxud ko’plar piktografik xat deb ataydigan shaklidan foydalanishgan. Ierogliflar oddiy suvrat bo’lib, ulardan har biri real jismoniy ob’yektni namoyon etardi. Quyosh g’ildirak ko’rinishida, oy hilol tarzida, suv — to’lqinli chiziq bilan, inson — kichik figura bilan va hokazo. Biroq bu «kriptogramma»lar ko’zga ko’rinmaydigan hodisalar, jarayonlarni, masalan, fikr, nur, kun, tunni tasvirlay olmasdi. Shu tarzda, ierogliflar vaqt o’tishi bilan faqat ob’yektlarnigina emas, tushunchalarning ham alomatiga aylana boshladi. G’ildirak (girvat) faqat «Quyosh» nigina emas, «kun» tushunchasini ham anglata olardi; boshqa bir alomat «burilish», «yo’nalish o’zgarishi»ni ifodalardi. Bunday fikriy alomatlar ideogrammalar deb ataladi. Ierogliflar rivojidagi keyingi bosqich real mavjud bo’lgan buyumlar o’rnida tovushlarni aks ettirish uchun ramzlarni tasvirlashdan iborat bo’lgan. Masalan, ingliz tilida «bee» — «asalari» so’zi nafaqat hashoratni ifodalashi mumkin, qolaversa «bi» (bee—bi), «leif»— «yaproq» ham «lif» (lif) tovushi sifatida jarang lashi ham mumkin. Ular birikkanda «Belief» — «e’tiqod» so’zini anglatadi. Tovushli belgilar sifatida qo’llanadigan bunday ierogliflar fonogramma deb ataladi. Qadimgi misrliklar so’zlarni suvrat shaklida, sifatida tasvirlash mumkinmi yoki mumkin emasligidan qat’i nazar ulardan istalganini yoza olar edilar. Bu fonogrammalardan butun boshli belgilar turkumi maydonga keldi, ulardan har biri faqat bitta harfni ifoda etardi. Yozayotgan paytda misrliklar ohangdoshlardan foydalanishgan. Masalan, inglizcha «drink» (ichmoq) so’zi «drnk» sifatida yozilgan bo’lur edi (tabiiy, qadimgi misrliklar o’z tilida yozishgan). Misrliklar, bundan tashqari, yozuvda eskirgan belgilar — ideogrammalar, fonogrammalar va piktogrammalar qo’llanishini saqlab qoldilar. Vaqt o’tishi bilan bu narsa yozma nutqni shu qadar murakkablashtirib yubordiki, avom ko’pincha uni tushuna olmas edi!