NAYPOYA

NAYPOYA – soyabonguldoshlarga mansub yirik o’tlar turkumi. 70 dan ortiq turi ma’lum. Asosan, Sharqiy yarimsharning mo”tadil mintaqasida tarqalgan. O’zbekistonda gulpar turi ko’p o’sadi. Gulshiraga boy. Ko’pchilik turlarining poya va barglarini yeyish mumkin, ba’zilari chorva mollari uchun ozuqa. Terini kuydirish xususiyati bor.