Nayza

Nayza — 1) sanchish yoki irg’itish uchun mo’ljallangan ov va jang quroli. Paleolit davrida paydo bo’lgan. Ilk Nayza 1,5 dan 5 metrgacha uzunlikdagi yogochdan uchi o’tkir qilib yasalgan. Dastlab Nayza uchiga o’tkir tosh, keyinchalik suyak sanchqi mahkamlangan. Jez davrida Nayza sanchqisi metalldan yasalgan. Qo’llanilishiga qarab Nayzaning uzunligi turlicha bo’lgan: irg’itiladigan Nayzalar kalta, piyoda askarlar Nayzasi o’rtacha, otliq askarlar Nayzasi uzun bo’lgan. 19-asrda miltiq uchiga sanchqisimon (uchlik) va pichoqsimon (taktik) Nayzalar o’rnatilgan. Nayza jahon xalqlarining deyarli hammasida keng tarqalgan; 2) yengil atletikada qo’llaniladigan asbob.