Namangan «Asnam tekstil» qo’shma korxonasi

Namangan «Asnam tekstil» qo’shma korxonasi – O’zbekiston — Turkiya qo’shma to’qimachilik korxonasi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Ta’sischilari: «O’zbekengilsanoat» davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi, «yengilsanoatinvestxomashyo» aktsiyadorlik jamiyati va Turkiyaning «Astop» firmasi. Korxona qurilishi 1992 yil iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994-2001 yillarda qurildi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 2001 yil apreldan boshlandi. Nizom jamg’armasi 6,99 million AQSh dollari. Shundan O’zbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 million dollar), xorijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 million dollar). Namangan «Asnam tekstil» qo’shma korxonasining yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip ishlab chiqarish korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, to’quv, pardozlash majmuasiga ega.