GRENLANDIYA KITI

GRENLANDIYA KITI, qutb Kiti (Balaena musticetus) — sut emizuvchilar sinfining tishsiz kitlar kenja turkumiga mansub hayvon. Uzunligi 21 metrgacha, boshi juda katta, og’iz bo’shlig’ida tanglaydan o’sib chiqqan 3-4 metr keladigan 300-400 tacha shoxsimon plastinkalar — kit “mo’ylov”lari bor. Orqa suzgichi bo’lmaydi. Usti va biqinlari kulrang yoki qora, tomog’i va ba’zan qorni oqish. Mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Grenlandiya Kiti, asosan, Atlantika okeani va tinch okeanning shimol rayonlarida tarqalgan, hozir Chuqot va bering dengizlarida kamdan-kam uchraydi. Kuzda urchib, bahorda (ikki yilda bir marta) uzunligi 5 metrgacha bo’lgan 1 ta bola tug’adi. 1946 yildan buyon ovlash man etilgan.