GRENLANDIYA TYULENI

GRENLANDIYA TYULENI (Pagophilus groenlandica) — tyulenlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon, urug’ning yagona turi. Tanasining uz. 2 m gacha, og’irligi 150-160 kg. Tug’ilgan bolasi oq yoki sarg’ish oq., uz. 80 sm ga yaqin. Voyaga etgan erkaklarining ik- kita qora, urug’ochilarining qo’ng’ir qanotsimon dog’lari bor. Boshi kora. Atlantika okeanining shim. qismi va Shim. muz okeanida, jumladan oq, ba- rents dengizlari va Kare dengizining g’arbiy qismida tarqalgan. Ko’payish va tullash davrida uchta populyasiya (oq den- giz, Nyufaundlend, Yanmayen-Norvegiya) hosil qiladi. Doimo mavsumiy migra- tsiya qiladi. Baliq va umurtqasizlar b-n oziqlanadi. Katta muz bo’laklari ustida ko’payadi. Homiladorlik davri 11 — 11,5 oy, 40 yilga yaqin umr ko’radi. 1-2 bola tug’adi. Mo’ynasi va yog’i uchun ko’p ovla- nishi tufayli soni 7-10 mln.dan (1950 y.) 1,75—2,5 mln. gacha (1960 y.) kamay- ib ketganligi uchun ovlash qat’iy man qilingan.