GUDERMES
GUDERMES — Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasidagi shahar (1941 yildan). Temir yo’l tuguni. Tibbiyot asboblari, g’isht, konserva zavodlari, temir yo’l transportiga xizmat qiladigan korxonalar faoliyat ko’rsatgan. Gudermes atrofidan neft qazib chiqariladi. Aholisi 40 ming kishi (1991), lekin 1990-yillar oxiriga kelib aholining bir qismi urush tufayli shaharni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Shu bois hozirgi kunda ishlayotgan korxonalar soni kam.